Biz korrupsiyaga qarshimiz!

08.12.2024 / 183

Yunusobod tumani "O‘zbekiston Mustaqilligi" mahallasi Yoshlar yetakchisi Mo‘mina Istamova hamda "Bobodehqon" mahallasi Yoshlar yetakchisi Dilfuza Akbarova hamkorlikda 273-sonli umumta’lim maktabida "Korrupsiya jamiyat inqirozi" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda "O‘zbekiston Mustaqilligi" mahalla Yoshlar yetakchisi Mo‘mina Istamova Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, jamiyat hayotiga ta’siri, ushbu jinoyatni sodir etganlarga qonunchiligimizdagi javobgarlik haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bobodehqon" mahalla yoshlar yetakchisi Dilfuza Akbarova Korrupsiyaning ildizi, unga qarshi amalga oshirilayotgan islohotlar, jahon hamjamiyatida korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi loyihalar ma’lumot berdi.

Davra suhbatida "Korrupsiya jamiyat kushandasi" nomli videorolik namoyish etildi. Tadbir so‘nggida yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Powered by GSpeech