“Birlashgan iste’dodlar” nomli konsert dasturi tashkil etildi
Bugun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Yunusobod tuman Madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan 22-son Madaniyat markazida “Qalblardan chiqqan navolar, sahnada jam bog‘lar” shiori ostidagi “Birlashgan iste’dodlar” nomli konsert dasturi tashkil etildi.
Ushbu tadbir madaniyat markazlarida faoliyat yuritayotgan to‘garak a’zolarining egallagan bilim va ko‘nikmalari, ijodiy qobiliyati, sahna mahoratlari hamda san’atga bo‘lgan mehrini ommaviy ravishda namoyon etishga qaratildi. Tadbir davomida raqs, kuy-qo‘shiq, musiqa ijrosi, badiiy o‘qish va teatr elementlari singari yo‘nalishlardagi chiqishlar tomoshabinlarga katta zavq ulashdi.
Tadbir mehmoni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Madaniyat va san’at menejmenti kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi Xolmo‘minov Mo‘minmirzo Zokir o‘g‘li ishtirok etib, tadbir ishtirokchilari va mehmonlar bilan uchrashdi. Tadbir ishtirokchilariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'zbekcha
Русский
English