Birinchi qo‘ng‘iroq chalindi
Maktab – o‘qituvchiyu o‘quvchini bir oilaga birlashtirgan bilimlar o‘chog‘idir, ta’til vaqtida sokinlik hukmronlik qilayotgan maktablar yana o‘quvchilarning shodon va baxtiyor shovqin-suroniga to‘ldi.
Xususan,Yunusobodtumani 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Birinchi qo‘ng‘iroq “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Davlatimiz madhiyasi bilan boshlangan bayram tadbirida Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U. Mamarajabov, Yunusobod tuman prokurori Ya.Abdurahmonov so‘zga chiqib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanganligi bilan tabriklab, ularni barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari, ma’naviy-ahloqiy va jismonan sog‘lom bo‘lishlari, olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini qayd etib o‘tdi.
Tadbirda ilm dargohiga ilk qadam qo‘ygan o‘g‘il-qizlarga Prezident sovg‘alari xamda Toshkent shahar prokuraturasi jamoasi nomidan sovg‘alar topshirildi.
O'zbekcha
Русский
English