BIRINCHI QO‘NG‘IROQ, BILIMLAR SARI CHORLADI

04.09.2024 / 169

  Maroqli yozgi ta’tildan so‘ng yangi o‘quv yili boshlandi. Qo‘llarida gul, qalbda hayajon bilan sevimli maktabi tomon oshiqayotgan o‘quvchi-yoshlarning sevinchlari cheksiz.Bugun Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri “Bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida o‘tkazildi. Unda tuman hokimi B.Abduvaliyev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari U.Sharifxodjayev ishtirok etdi.
Bugungi kunda 1715 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan ushbu ta’lim muassasasiga bu yil 154nafar o‘g‘il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi. Tadbirda tuman hokimi so‘z olib, barchani mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi hamda boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan tabriklab, yangi o‘quv yili barcha o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun omadli va sermazmun kelishiga tilak bildirdi.
O‘Tadbir davomida maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarga Prezident sovg‘asi tantanali tarzda tarqatildi.

Powered by GSpeech