Bir guruh faol yoshlar yetakchilari taqdirlandi
Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida faol yoshlar yetakchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Yunusobod tumanida yil mobaynida namunali faoliyat olib borgan bir guruh yoshlar yetakchilari ham poytaxt hokimligi tomonidan tantanali taqdirlandi.
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashishda yoshlar yetakchilarining o‘rni ahamiyatli. Bugungi kunda poytaxtimizda 500 dan ziyod yoshlar yetakchilari faoliyat olib boradi va ulardan 200 nafari poytaxt hokimligi tomonidan chet elga sayohat, kompyuter va “Yilning eng namunali mahalla yoshlari yetakchisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichiga yo‘llanma bilan taqdirlandi.
O'zbekcha
Русский
English