"Billur" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi “Eng namunali mahalla raisi” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
Toshkent shahridagi mahallalar o‘rtasida “Eng namunali mahalla” tanlovi g‘olibi aniqlandi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 3-aprel kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida belgilangan vazifalar hamda Respublika Mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashining 2024-yil 18-noyabrdagi 15-sonli bayoni asosida Toshkent shahridagi mahallalar o‘rtasida “Eng namunali mahalla” tanlovi o‘tkazildi.
Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Uchtepa tumanidagi Madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tanlovda Yunsobod tumanidagi "Billur" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Axatilla Rahmatov 3-o‘rinni egalladi va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Yunsobod tumani hokimligi jamoasi nomidan "Billur" mahalla faollarini 3-o‘rin g‘olibi bo‘lgani bilan muborakbod etamiz!
O'zbekcha
Русский
English