Barxayot mahallasidagi saylov — xalq ishonchi va demokratiyaning amaldagi ifodasi
Yunusobod tumani Barxayot MFYda jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan siyosiy jarayon — mahalla raisi saylovi yuqori saviyada va fuqorolar faol ishtiroki bilan o‘tkazildi. Mazkur saylov aholi o‘rtasida demokratik qadriyatlar, fuqaro mas'uliyati va kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan qiziqishni namoyon etdi. Foydali va samarali islohotlarga asoslangan bu saylov, shuningdek, fuqarolarning o‘z kelajagiga, mahallasi taqdiri va uning rivojiga befarq emasligini yana bir bor tasdiqladi.
Saylovda 3 nafar fuqaro o‘z nomzodlarini ilgari surdi. Ularning har biri o‘z dasturlarini, mahallaning rivoji uchun belgilangan maqsad va rejalarini saylovchilarga taqdim etdi. Shu jarayonda, nomzodlar o‘rtasida keng qamrovli va konstruktiv bahs-munozaralar olib borildi, bunda har bir nomzod o‘z yutuqlari va kelajakdagi rejalarini taqdim etdi.
Natijalarga ko‘ra, 301 nafar saylovchidan 272 tasining ovozini to‘plagan Nodir Zokirov 5 yillik muddatga Barxayot MFY raisi lavozimiga qayta saylandi. Bu, aholi orasida uning faoliyatiga bo‘lgan yuqori ishonchni, rahbar sifatida qilgan ishlarining ijobiy natijalarini va o‘z faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishdagi muvaffaqiyatlarini aks ettiradi. Nodir Zokirovning rahbarligi ostida amalga oshirilgan islohotlar mahalladagi hayot sifatini oshirishga va fuqarolarga yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan bo‘lib, bu uning yutuqlariga nisbatan o‘ta ijobiy munosabatni ko‘rsatadi.
Bu natija — Barxayot mahallasi aholisi tomonidan Nodir Zokirovning faoliyatiga bo‘lgan ishonchning, uning rahbarlik davrida amalga oshirilgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar hamda mahallaning rivojlanishiga qo‘shgan hissasining yorqin ifodasi hisoblanadi. Zokirovning rahbarligi davrida mahallada obodonlashtirish, infrastruktura yaxshilanishi, sog‘liqni saqlash tizimi va yoshlar siyosatini rivojlantirish kabi sohalarda sezilarli yutuqlar qayd etildi. Mahallaning ijtimoiy farovonligi va aholining hayot darajasining oshishiga katta e'tibor qaratildi.
Barxayot mahallasi ahli, Nodir Zokirov rahbarligida taraqqiyot va farovonlik yo‘lida davom etishni, ahillik va hamkorlik asosida ishlashni davom ettirishga ishonch bildirmoqda. Aholining barqaror iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha qilingan barcha chora-tadbirlar hamda rejalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga bo‘lgan umidlari kuchaygan.
Shu bilan birga, mahalla ichidagi ijtimoiy faollikni oshirish, yoshlarni yangi kasblarga o‘qitish, ularning ma'naviy va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahallaning iqtisodiy o‘sishini ta'minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Nodir Zokirovning kelajakdagi rejalarida, ayniqsa, yoshlar uchun ta'lim imkoniyatlarini oshirish, ayollarni ijtimoiy hayotga faol jalb qilish va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish ustuvor vazifalardan bo‘ladi.
Barxayot mahallasi aholisining ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi bilan, Nodir Zokirov mahallaning kelajagini yanada ravnaq topirishga va barcha sohalarda barqaror o‘sish sur'atlarini oshirishga intiladi.
O'zbekcha
Русский
English