BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB

01.03.2025 / 219

Yunusobod tumani "Kulolqo‘rg‘on" MFYda o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, hamda badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon adabiyotlarini mutolaa qilishga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va oshirish, shuningdek, kutubxonaga yangi qabul qilingan adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida, shoira Zulfiya Isroilovaning tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "Bahor keldi seni so‘roqlab" mavzusida she’riyat kechasi o‘tkazildi.

She’riyat kechasi davomida "Kitobsevarlar" klubi a’zolari shoiraning qalamiga mansub she’rlardan namunalar o‘qishdi.

Kechada Zulfiya Isroilovaning hayot va ijod yo‘li haqida batafsil ma’lumot berildi. Ijodkor o‘quvchilar shoira qalamiga mansub she’rlardan namuna oqib, ishtirokchilar ma’naviy hordiq olishdi.

Powered by GSpeech