Bahodir Jalolov bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi tomonidan 259-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi yoshlarning ilm olish qiziqishlarini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish maqsadida ikki karra jahon chempioni, "O‘zbekiston iftixori" ko‘krak nishoni sovrindori, professional bokschi Bahodir Jalolov bilan "Muvaffaqiyatga erishish sirlari" mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida sportchi o‘quvchilar bilan o‘zining bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘llari, erishgan yutuqlari, o‘qish va sport sohasini uyg‘unlikda olib borish, sport va jismoniy tarbiyani inson hayoti va har qanday sohadagi o‘rni va ahamiyati borasidagi ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tdi, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javob oldilar.
O'zbekcha
Русский
English