“Ayollar qadriyatlar davomchisi” tanlovining tuman bisqichi bo‘lib o‘tdi
“Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” degan g‘oya ostida “Ayollar qadriyatlar davomchisi” mavzusida marosim va urf-odatlar taqdimoti tanlovi Yunusobod tumani bosqichi o‘tkazildi. Tadbir mamlakatimizdagi ayollar rolini, ularning qo‘shgan hissasini, qadriyatlarini yanada yuksaltirish, milliy urf-odatlar va an’analarni kelajak avlodga yetkazish maqsadida tashkil etildi.
Bellashuv juda ham qiziq va sermazmun bo‘ldi. Tanlovga turli xil jamoalar, ayollar va yoshlar o‘zaro raqobatlashib, o‘z chiqishlarida ayol qadri, milliy marosim, urf-odatlar va bolalar milliy xalq o‘yinlarini namoyish etdilar. Har bir jamoa o‘z ma’ruzalarini, o‘zining ijodiy ishlarini chuqur tahlil qilib, ayollarning milliy madaniyatdagi o‘rni va hayotdagi ahamiyatini namoyon etdilar.
Bellashuvning eng qiziqarli qismlaridan biri bolalar milliy xalq o‘yinlarini namoyish etgan jamoalarning chiqishlari bo‘ldi. Bu o‘yinlar o‘sha davrning mafkuraviy va madaniy qadriyatlarini yoshlar orasida keng targ‘ib etishga xizmat qildi. Shuningdek, erkin mavzudagi chiqishlarda ayollar milliy raqslar va buyuk shoiralarimizning g‘azallaridan parchalar o‘qishdi, bu esa ishtirokchilarni yanada ruhlantirib, tadbirning ma’naviy qiymatini oshirdi.
Tadbir davomida san’atkorlar ishtirokida ijro etilgan milliy kuy va navo hamda qo‘shiqlar barchaga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ular nafaqat ayollarning ijodiy salohiyatini, balki milliy kuy va qo‘shiqlarning tugmas qudratini ham namoyon etdilar. Muzika va rang-barang ma’naviy yo‘nalishlar, yangicha ijodiy yondoshuvlar barcha qatnashchilarning va mehmonlarning diqqatini tortib, ularga ko‘proq ilhom berdi.
Bellashuvda ishtirok etgan har bir jamoa o‘zlarining qadimgi urf-odatlar, xalq an’analarini jonli namoish etgan holda, jamoalar o‘rtasidagi ijodiy raqobatni juda ham yuqori darajaga ko‘tarishdi. Ushbu tadbir ayollar hamda yoshlar o‘rtasidagi ko‘proq ijodiy hamkorlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Tanlovning yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Tanlov yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizning ahamiyatini yetkazish, hamda kelajakda ularni saqlash va rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratdi. Tadbir ishtirokchilari, shuningdek, ayollarning o‘ziga xos ijodiy va madaniy salohiyatini yanada o‘rganishga va ularning hayotdagi roliga yangi yo‘nalishlarda e’tibor berishga harakat qilishi zarur ekanini ko‘rsatdi.
O'zbekcha
Русский
English