"Ayollar daftari"ga kiritish bo‘yicha xatlov jarayoni boshlandi
Yig‘ilishda Yunusobod tumanidagi 64 ta mahallada “Ayollar daftari” tizimining 6-bosqichi bo‘yicha xatlov jarayoni boshlanganligi qayd etildi. Tuman hokimi o‘rinbosari D.Muhsimova , mamlakatimizda xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganligiga to‘xtalib, xotin-qizlar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalarida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarga e’tibor qaratdi.
Muhokamalarda “Ayollar daftari”ning 6-bosqichiga kiritiladigan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularning milliy bazasini shakllantirish bo‘yicha xatlov jarayonlarini sifatli tashkillashtirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini tizimli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English