"AYOLLAR DAFTARI"GA KIRITILGANLARNING IJTIMOIY HIMOYASI TA’MINLANMOQDА

10.09.2024 / 159


Yunusobod tumanida "Ayollar daftari" 5-bosqichi bo‘yicha ro‘yxatga kiritilgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi.

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi D.Yusupova, Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Muhsimova va «Vasiylik kengashi» a’zolari ko‘tarilgan har bir masalani atroflicha muhokama qildi.

Kechiktirib bo‘lmaydigan moliyaviy yordamlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish yuzasidan xulosalar berildi.

Powered by GSpeech