Ayollar daftarida ro‘yxatda turgan xotin-qizlarning bandligi ta’minlanmoqda

23.04.2025 / 184

  Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Lalixon Aliyeva, tuman moliya bo‘limi bilan hamkorlikda "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida "Uch qahramon" MFYdagi "QUALITY TEKSTIL PRODUCTION" MCHJ olib bordi.

  Tashrif davomida korxonada yaratilgan ish sharoitlari, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish syexlari,mahsulot tayyorlash jarayonlari hamda xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy va mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishtirdi.Shuningdek, mehnatga jalb etish shartlari,ish haqi,kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash masalalari bo‘yicha ham aniq ma’lumotlar berildi.Korxona rahbariyati ayollarni ishga qabul qilish,ularga qulay ish soatlari va qulay muhit yaratish borasida tayyor ekanligini bildirdi.

  Ushbu tashrif orqali bir qancha xotin-qizlar ish bilan ta’minlanishiga erishildi hamda qolganlarini ham bandlikka jalb qilish yuzasidan rejalashtirildi.

Powered by GSpeech