AYOLLAR DAFTARI: IMTIYOZ VA IMKONIYAT

25.09.2024 / 258

Yunusobod tumanida "Ayollar daftari" 5-bosqichi bo‘yicha ro‘yxatga kiritilgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi.

  Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tengligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi D.Yusupova, Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Muhsimova va «Vasiylik kengashi» a’zolari ko‘tarilgan har bir masalani atroflicha muhokama qildi.

  Kechiktirib bo‘lmaydigan moliyaviy yordamlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish yuzasidan xulosalar berildi.

Powered by GSpeech