Ayollar daftari: ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar daromadga kirmoqdа

06.05.2025 / 130

Yunusobod tumani hokimligi turmush sharoiti og‘ir oilalarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda, "Ayollar daftari" orqali ko‘plab xotin-qizlarga daromad topish va hayotlarini izga tushirishga yordam bermoqda. Bu dastur ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun faqat yordam bermasdan, balki ularning iqtisodiy imkoniyatini oshirishga qaratilgan.

Masalan, Shukurjon Masharipova — Yunusobod tumani 2-mavzasida istiqomat qiluvchi ayol. Unga qadar turmushi qiyin, salomatligi esa uzoq yillar davomida qiynab kelgan. Shu bois, Shukurjon ishga kirishish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Ammo, oyning yarim tun, yarim yorug‘ deganlardek, u uchun imkoniyatlar eshigi qayta ochildi. So‘qligini yaxshilab, yangi umid bilan mahallaga murojaat qilgan Shukurjonga mahalla yettiligi "Ayollar daftari"ga kiritib, tikuv mashinasini olish uchun amaliy yordam ko‘rsatdi.

Shukurjon faqat o‘zini emas, balki oilasini ham yangidan qurish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Tikuvchilikka yoshligidan mehr qo‘yganligi tufayli, tez orada kasbini rivojlantira oldi. Har bir tikkan matosida yoqimli orzu va ko‘p yillik mehnatning natijasini ko‘rmoqdalar. Uning hayotidagi bu o‘zgarishlar "Ayollar daftari" dasturining qancha muhim ekanini o‘z misoli bilan namoyon etmoqda.

"AYOLLAR DAFTARI" – O‘ZGARISHLARGA YO‘L KO‘RSATAYOTGAN IMKONIYAT

Bu dastur hayotda ishiz va kasbsiz bo‘lgan ayollarga yo‘l ko‘rsatyapti. Ularga o‘z biznesini tashkil etish, yangi kasblarni o‘rganish va o‘z o‘rnini jamiyatda topish imkonini bermoqda. Yunusobod tumani hokimligi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus ayollar uchun yangi imkoniyatlar, rivojlanish yo‘li va ish faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishga katta hissa qo‘shmoqdalar. "Ayollar daftari" nafaqat ayollarga yordam berish, balki ularga o‘z hayotlarini qayta qurish uchun kuch topishlariga yordam bermoqda.

HAYOTNING YANGI SAHIFASI

Shukurjon Masharipova endi o‘z kasbiga ega. Oilasini tekinga qo‘yishga qo‘lida moliyaviy imkoniyatlar yetarli. Ko‘ngli to‘q, farzandlarining kelajagini yaratishga qodir. Hozirda har kuni 300-400 ming so‘m daromadga kirib turibdi. Uning orzusi tikuv fabrikasini ishga tushirish. Yetti mahalladan tikdirishga izlab keladi. Byurtmalar shunchalik ko‘pki, ularni tayyorlashga vaqt yetmaydi. Ishi ko‘pligidan, to‘y va tomoshalariga ham bora olmaydi. Mahallada endigina tikuvchilik kasbiga mehr tushgan qizlarni shogirdlikka olib, ularga hunar o‘rgatmoqda. Shukurjonning hayotida yana bir oila ishlay boshladi va o‘tayotgan hayotdan rozi.

Powered by GSpeech