Axyorjon Shavkatov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligiga tasdiqlandi

15.05.2025 / 111

  Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zosi Axyorjon Shavkatov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligiga tasdiqlandi.
  Bu yuksak ishonch — yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida yoshlarimizga berilgan katta e’tibor va ishonchning yana bir yorqin ifodasidir. Axyorjon Shavkatovning siyosiy maydondagi faoliyati, uning fidokorona mehnati va tashabbuskorligi ana shu ishonchni to‘laqonli oqlashga xizmat qiladi, deb ishonamiz.
Yoshlar parlamenti a’zosi sifatida u mamlakatimizda yoshlar siyosati, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari suradi va amalga oshiradi.
  Yunusobod tumani hokimligi jamosi nomidan Axyorjon Shavkatovni ushbu mas’uliyatli va sharafli lavozim bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilaymiz.

Powered by GSpeech