Avtotransport vositalarining atmosfera havosiga chiqayotgan zararli gazlar miqdori o‘rganilmoqda

14.02.2025 / 490

   Ayni damda Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Atrof-muhitning monitoringi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va gidrometeorologiya sohasini muvofiqlashtirish (tahliliy laboratoriya) bo‘limi mutaxassislari, Toshkent shahar prokuraturasi katta prokurori X. Xushvaxtov, Yunusobod tuman inspektori, tezkor ekologik nazorat guruhi inspektorlari hamda YXXB xodimlari birgalikda Uch qahramon postida poytaxtga viloyatlardan kirib kelayotgan avtotransport vositalarining atmosfera havosiga chiqayotgan zararli gazlar miqdori maxsus mobil laboratoriya uskunalari yordamida tekshirmoqda.

   Reyd davomida haydovchilarga atmosfera havosini muhofaza qilish borasida tushunchalar va tavsiyalar berilmoqda. Reyd natijalariga ko‘ra, atmosfera havosiga me’yoridan oshiq tashlama tashlagan avtotransport haydovchilari aniqlanib, ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, texnik ko‘rikka yuborilmoqda.

   Texnik ko‘rikdan o‘tkazish, avtotransport vositalarining muhandislik-ekologik xolatini tekshirish va ekologik me’yorlarga mos kelmaydigan holatlarda ularga tafsilotli axborot berishga yo‘naltirilgan ishlar olib borilmoqda.

   Bu kabi reyd tadbirlari shaharning ekologik holatini yaxshilash, zararli gazlar emissiyasini kamaytirish va aholiga ekologiya haqidagi bilimlarni oshirish maqsadida doimiy ravishda tashkil etilib kelmoqda.

Powered by GSpeech