AVF ETILGAN SHAXSLAR BILAN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI.
Oramizda bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qolganlar ham yo‘q emas, albatta. Zero, adashganlarga imkon berish, kechirimlilik va ularni yaxshi ma’noda qo‘llab-quvvatlash bag‘rikeng xalqimizga yuqtirilgan insoniy fazilatlarning bir ko‘rinishidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 05 dekabrdagi PF-210-sonli Farmoniga asosan afv etilgan shaxslar orasida Yunusobod tumani, “Oqtepa” MFY, Oqtepa 4-tor ko‘chasi 31-uyda yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Mansurbek Kosimov ham bor.
— Xato qilmaslik uchun har bir qadamni o‘ylab bosish kerak ekan, — deydi Mansurbek Kosimov. — Bo‘lmasa xato qilib, jabrini insonning o‘zi, oilasi tortarkan. Men ham bilib-bilmay jinoyat ko‘chasiga kirib qoldim. Va qilmishimga yarasha jazo tayinlandi. Aybimga iqrorlik, qilgan qilmishga pushaymonlikda jazo muddatining yarmini panjara ortida o‘tkazdim. Keyin jazoim yengillashtirilib, axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Prezidentining 2024 yil 5 dekabrdagi PF-210-sonli Farmoniga asosan afv etildim. Buning uchun Prezidentimizdan nihoyatda minnatdorman. Qolgan umrimni qilgan ishlarimdan xulosa qilib halol ishlayman.
Yunusobod tumani Ijtimoiy moslashuv markazi tomonidan M.B.Qosimov bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi, hozirda u Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Oqtepa M.F.Y, Oqtepa 4-tor ko‘chasi,31-uyda doimiy ro‘yxatda turib va oilasi bilan yashamoqda. Oila a’zolari bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, hozirda mavjud bo‘lgan muammolari va ularni bartaraf etish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng, M.B.Qosimov bilan qayta jinoyat sodir etmasligi yuzasidan profilaktik suxbat o‘tkazildi. O‘talmay qolgan jazo muddatini o‘tash tartib qoidalari tushuntirilib, birlamchi hujjatlar rasmiylashtirildi. Kelgusida qayta jinoyat sodir etmaslik yuzasidan, yashash manzili bo‘yicha mahalla idorasiga olib borilib, u yerda mahalla fuqarolari yig‘ini raisi va prfilaktika inspektori bilan birgalikda suhbat o‘tkazildi. Yunusobod tumani Ijtimoiy moslashuv markazi xamda Hududiy ichki ishlar bo‘limlari va boshqa tegishli sohaviy xizmatlar tomonidan uni o‘z nazoratiga olishlari maqsadida murabbiylar birktirildi.
M.B.Qosimov kelgusida jamiyatga moslashishi uchun, uning sog‘liq holatini o‘rganish va davolanish maqsadida, hududiy oilaviy shifoxonaga olib borilib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra sog‘lom deb topildi. Shuningdek, Yunusobod tumani Ijtimoiy moslashuv markazi hamda Aholi bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan ham suhbat o‘tkazilib, M.B.Qosimovga O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 32,34-bandlariga muvofiq mehnat faoliyati bilan band bo‘lishini ta’minlash uchun o‘zini o‘zi band qilish choralari ko‘rildi. O‘zini o‘zi band qildi. Shuningdek, M.B.Qosimov ijtimoiy hayotga moslashish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, shu bilan birga ish bilan band bo‘lgunga qadar oilasi ro‘zg‘orini tebratishda moddiy yordam tarzida, uni yashash manzili bo‘yicha Yunusobod tumani Ijtimoiy moslashuv markazi tomonidan, bir martalik, ya’ni 2.250.000 so‘m moddiy yordam puli berildi. 49-poliklinika tomonidan dori-darmon va muolaja olishga yordam berildi.
Yunusobod tumani Ijtimoiy moslashuv markazi, jamoatchilik vakillari, hududiy profilaktika inspektorlari va Probatsiya bo‘limi xodimlari tomonidan davlat tomonidan berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borildi. D.Toshmuratov, Ijtimoiy moslashuv markaz rahbari
O'zbekcha
Русский
English