ATROF-MUHITNI ASRASH VA EKOLOGIK BARQARORLIK TA’MINLASH MASALASI YUZASIDAN VAZIFALAR BERILDI
Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.
Kun tartibida "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Hokim B.Abduvaliyev, atrof-muhitni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash, atmosferaga zararli gazlarni chiqishining oldini olish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalarini berdi. Xususan, tumandagi issiqxonalarni muntazam ravishda nazorat qilib borish, ular tomonidan turli xildagi yonilg‘ilar ishlatilayotganligi qayd etildi. Bundan tashqari mavjud 64 ta mahalla hududidda kunlik maishiy chiqindilarni olib tashlash, obodonlashtirish tadbirlarini tashkil qilib borish zarur.
Yig‘ilishda mavsum boshlanishi bilan yashil hududlarni ko‘paytirish, hozirdanoq maxsus joylarni hozirlash bo‘yicha alohida vazifalar berildi. Atrof muhit musaffoligini ta’minlashda tadbirkorlik sub’yektlarining tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, aholining tabiatga munosabatini o‘zgartirish, ekologik ta’limni kuchaytirish bo‘yicha ham tavsiyalar berildi.
Muhokamalarda chiqindilarni qayta ishlash masalagiga to‘xtalib, uni qayta ishlash va aniq ajratish bo‘yicha targ‘ibot olib borish, aniq belgilash tizimlarni joriy etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Bu choralar tumanning ekologik holatini yaxshilashga va barqaror rivojlanishga yordam berishi aytib o‘tildi.
Hokim B.Abduvaliyev tuman hududida mavsumda yangi yashil maydonlar, bog‘lar va ko‘chatlar ekilsa, bu havo sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini e’tirof etdi. Ayniqsa, ekologik barqarorlikni ta’minlashda yashil energiya manbaalarini ko‘paytirish hamda bu boradagi tadbirkorlik sube’ktlarining loyihalarini amalga oshirishda ko‘mak berish bo‘yicha vazifalar berildi.
Yig‘ilishda tuman hududidagi suv manbalarini saqlash, ularni ifloslanish va isrof bo‘lishining oldini olish, muhofaza qilish masalasi yuzasidan ham mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Muhokamalar yakunida atrof-muhitni muhofaza qilishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar ijrosini ta’minlash sektor rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
O'zbekcha
Русский
English