Astrobod va Sobirobod MFYlarini o‘rganildi

22.04.2025 / 160

Respublika ishchi guruhi hamda Yunusobod tumani hokimligi mas’ullari bilan Astrobod va Sobirobod MFYlarini o‘rgandi.

Yunusobod tumanida atrof-muhitni yaxshilash, tozalik va ozodalikni ta’minlash hamda aholiga munosib yashash sharoiti yaratish maqsadida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Astrobod MFY hududida tashkil etildi.

Tadbir doirasida mahalla hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mahallaning ichki yo‘llari, yo‘laklari va aholi yashash hududlari tozalanib, chiqindilar chiqarilib, o‘tlar o‘rildi. Shuningdek, yer maydonlariga gul ko‘chatlari ekish ishlari olib borilib, atrof tartibga keltirildi.

Obodonlashtirish tadbirida “Mahalla yettiligi”, Boshqaruv servis kompaniyasi jamoasi, mas’ul tashkilotlar vakillari faol ishtirok etdilar.
Mahallaga husn bag‘ishlovchi turli xildagi gullar ekildi. Bunday tadbirlar nafaqat hududni ko‘rkamlashtiradi, balki aholi o‘rtasida birdamlik va jamoaviylik ruhini mustahkamlash,ekologik madaniyatni oshirishga xizmat qiladi.
Navbatdagi mahalla Sobirobod mahallasi bo‘ldi. Ishchi guruh ahlozalari mahallaga tashrif buyurib, ushbu hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishishdi.

Xususan, Sobirobod mahallasini o‘rganish jarayonida hududdagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Mahallada ko‘kalamzorlashtirish, ichki ko‘chalarni tartibga solish, jamoat joylarida sanitariya holatini yaxshilash hamda chiqindilarni yig‘ish va tashish tizimini takomillashtirish ishlari tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, mas’ullarga ko‘p qavatli uylar atrofini tozalash va obodonlashtirish, bo‘sh yer maydonlariga manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida bolalar o‘yin maydonchalari va sport inshootlarini zamonaviylashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Powered by GSpeech