“Astrobod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Yunusobod tumani hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyevning “Astrobod” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Mazkur sayyor qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda fuqarolar ishtirok etdilar.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya, davolanish uchun ko‘mak berish, doimiy ro‘yxatga qo‘yish, muddati o‘tgan pasportni almashtirish, kommunal xizmatlar ko‘rsatish hamda mulk va meros huquqini rasmiylashtirish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Bundan tashqari mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, yog‘ingarchilik chog‘ida suv qochirish tarmoqlarining samarali ishlamasligi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda imtiyozli ijara shartnomasini rasmiylashtirish kabi masalalar yuzasidan ham murojaatlar tinglandi.
Tuman hokimi har bir fuqaro murojaatini atroflicha o‘rganib, mas’ul mutasaddilarga qonun doirasida hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalarini berib, ijrosini nazoratiga oldi.
O'zbekcha
Русский
English