Assalomu alaykum, Muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!
Siz, munis onalarimiz, hurmatli opa-singillarimizni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Hayotimizning ko‘rki va fayzi, jamiyat va oilaning ustuni bo‘lgan xotin-qizlarimizni hurmat qilish dono xalqimiz uchun azaldan yuksak qadriyat bo‘lib kelgan. Zero sizlar bilan hayotimiz mazmunli, xonadonlarimiz esa nurafshondir. Sizlar har bir sohada go‘zal ibrat va namuna ko‘rsatib kelasizlar.
Mehribon va oqila, ko‘zlarimizning nuri va g‘ururimiz bo‘lgan Siz ayollarga har qancha hurmat va ehtirom, ta’zim qilsak kam.
Qadrli opa-singillar!
Barchangizni nafosat, go‘zallik bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Iqbolingiz baland, umringiz uzoq, rizqu nasibangiz ziyoda bo‘lsin!
Sizlarga, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Yana bir bor ayyomingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat ila,
Boxadir Abduvaliyev,
Yunusobod tumani hokimi
O'zbekcha
Русский
English