Ajrim yoqasida turgan 7 nafar oilani yarashtirish choralari ko'rildi
Yunusobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida oila institutini mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, shuningdek, oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi”ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Mazkur yig‘ilishda Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari L. Aliyeva, IIO FMB boshlig‘i, polkovnik M.Vafoyev, 2-sonli FHDYO bo‘limi boshlig'i G.Mo‘minova, huquqshunos M.Mirzayeva, tuman bosh otinoyisi Sh. Umarova, Oqtepa masjidi imom-noibi Sherzodqori Akbarov, profilaktika inspektorlari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida ajrim yoqasida turgan 7 nafar oilaning ijtimoiy-ma’naviy muhiti, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar, mavjud muammolar va kelishmovchiliklar har tomonlama o‘rganilib, ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilindi. Shuningdek, oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, huquqiy, psixologik va ma’naviy tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Mutaxassislar tomonidan oilalarni saqlab qolish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, bolalar manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ajrimlarning salbiy oqibatlari, ayniqsa, bolalar ruhiyatiga ta’siri yuzasidan tegishli tushunchalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English