AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASI TA'MINLANMOQDA

15.09.2024 / 190

♻️Joriy yilning 11-sentyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida mahallalarda kambag‘al oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan videoselektr yig‘ilishida, har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktirilishi belgilangan edi.

????Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliev, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida turmush sharoitlarini yaqindan o‘rganmoqda.

✅Hokimi B.Abduvaliev, "Bo‘zsuv" MFY, Laylakobod 78 manzilda istiqomat qilayotgan Malika Yakubovaning xonadoniga borib, oilaning ijtimoiy ahvoli bilan atroflicha tanishdi. Ushbu oilaning uch nafar farzandlari oliy o‘quv yurtlarida shartnoma asosida tahsil oladi.

⏺Hokim ularning chuqur ta'lim olishi, fanlarni o‘zlashtirishi uchun ko‘mak beradigan bo‘ldi. Bundan tashqari oilaga tijorat banklari biriktirilib, voyaga yetgan farzandlarini kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy tadbirkorlikni boshlash uchun imtiyozli kredit ajratish masalasi belgilab olindi.

♻️Xonadon egalari bilan muloqotda ularning kasbiy ko‘nikmalari, qiziqishlari o‘rganildi.Oila a'zolarining ba'zilari tikuvchilik, hunarmandchilikka uquvi bor. Shu boisdan ushbu Yakubovlar xonadonini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Powered by GSpeech