AHOLINI UZLUKSIZ ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH CHORALARI KO‘RILMOQDA

26.02.2025 / 190

Noqulay ob-havoga qaramay, soha xodimlari iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Favqulodda kelib tushayotgan murojaatlar o‘z vaqtida bartaraf etilishi uchun barcha zarur sa’y-harakatlar ko‘rilmoqda.

Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari «Hasanboy» MFY aholisi tomonidan kelib tushgan murojaatga asosan, hududdagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etdi.

Natijada, hududdagi elektr ta’minoti tiklanib, fuqarolarning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi qondirildi. Bu ishlar davom etmoqda.

Powered by GSpeech