AHOLINI UZLUKSIZ ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH YO‘LIDA

26.10.2025 / 7

Yunusobod tumanida iste’molchilar soni 104 371 ta (yuridik 4 570 ta, jismoniy 99 801 ta). Barchasi zamonaviy ACKUE hisoblagichlariga ulangan.

Tuman elektr tarmoqlar korxonasi balansida 482 ta TP, 257,2 km havo (0.4/610 kVt) tarmoqlari, 998,6 km yer osti (0.4/610 kVt) elektr uzatish tarmoqlari mavjud.

Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev boshchiligida bor kuch va imkoniyatlar ishga solinib, qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Prezidentimizning 2023 yil 11-martdagi “Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

 Yunusobod tumanidagi 2 ta Podstansiyalarni mukammal ta’mirlash va modernizatsiya qilish rejasi 2 ta - amalda 2 ta (100%).

 Tumanda transformator yangisiga almashtirish rejasi 18 ta - amalda 18 ta (100%);

 Transformator punktlarini joriy ta’mirlash rejasi 205 ta - amalda 205 ta (100%);

 Transformator punktlarini mukammal ta’mirlash rejasi 80 ta - amalda 80 ta (100%);
Yuqori kuchlanishli yer osti elektr tarmoqlari rejasi 115.5 km - amalda 93 km (80.5%), ishlar davom etmoqda.

 Havo elektr tarmoqlarini yangisiga almashtirish rejasi 22 km - amalda 22 km (100%);

 0,4-110 kVt elektr tarmoqlarini mukammal ta'mirlash rejasi 100,6 km - amalda 100,6 km (100%);
 Yog‘och ustunlar yangisiga almashtirish rejasi 30 ta - amalda 30 ta (100%).

Powered by GSpeech