Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha seminar o‘tkazildi

24.10.2025 / 7

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yunusobod tumanida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik bo‘yicha seminar tashkil etildi. Tadbir aholini to‘liq va aniq ro‘yxatga olish, jarayonni sifatli va samarali tashkil etish, shuningdek mahalliy boshqaruv organlari va mas’ullar faoliyatini tizimli muvofiqlashtirishga qaratildi.  Seminarda Yunusobod tuman hokimligi va Vazirlar Mahkamasi mas’ul vakillariO‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Yunusobod tumani bo‘limi xodimlari, mahalla yettiligi a’zolari, boshqa mas’ul tashkilotlar va idora vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalarda maxsus shtablar tashkil etish, xodimlar va mas’ullarni belgilash, ularning vazifalari va javobgarliklarini aniqlash, jarayonni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, turli idoralar o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlari yaratish, axborot almashish va monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish, sifat va o‘z vaqtida bajarilish, fuqarolar bilan ishlash, aholini ro‘yxatga olish ishlarini yuqori sifat bilan bajarish, kamchiliklar va xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik, barcha hududlarni qamrab olish kabi masalalar atroflicha muhokama qilinib, aholiga ro‘yxatga olishning ahamiyati, huquq va majburiyatlari tushuntiriladi, so‘rov va ma’lumotlarni to‘g‘ri yig‘ish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminarda mahalliy rahbarlar va mas’ullarga har bir shtab va mas’ulning vazifalarini aniq belgilash, ro‘yxatga olish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan aniqlash va ularni bartaraf etish, aholining barcha qatlamlarini qamrab olish, shu jumladan qariyalar, nogironlar va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar, jarayon davomida elektron resurslardan samarali foydalanish, malakali xodimlarni jalb etish vazifalari berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashdilar, kelgusida aholini ro‘yxatga olish ishlarini yanada tizimli va samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar bildirdilar. Shu bilan birga, seminar qatnashchilari jarayonning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, aholiga qulaylik yaratish va ro‘yxatga olish ishlarini yuqori sifat bilan bajarish zarurligini ta’kidlashdi.

Ushbu seminar nafaqat aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlikni kuchaytirishga, balki mahallalar va hudud rahbarlari faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, jamiyat ehtiyojlarini hisobga olgan holda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, Yunusobod tumanidagi barcha aholi qatlamlari uchun sifatli va tizimli xizmatlar tashkil etilishiga asos bo‘ladi.

Powered by GSpeech