AHOLIGA KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH SIFATINI OSHIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

28.01.2025 / 169

Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosari, BSK rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, obodonlashtirish, favqulodda holatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Hokim B.Abduvaliyev, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatayotgan kommunal sohada ish sifatini oshirish, debitor qarzdorlikni undirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga alohida ko‘rsatma berdi. Kommunal xizmat ko‘rsatish korxona va tashkilot rahbarlariga tizimda e’tibor qaratish zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan vazifalar taqsimot qilindi. Xususan, energiya ta’minotidagi muammolar va ularni yaxshilash choralari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tumanda 4 ta Podstansiyada amalga oshirilayotgan qurilish-montaj va ta’mirlash ishlari bo‘yicha mutasaddilarning hisoboti tinglandi. Hokim ushbu podstansiyalarda modernizatsiya ishlarini belgilangan muddatda tugatish, aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish yuzasidan topshiriqlarini berdi.

Yig‘ilishda mahallalar, markaziy va shox ko‘chalar, xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalaridagi suv qochirish (latok) tarmoqlarini kunlik tozalash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, kommunal tashkilot va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga qish mavsumni betalofat o‘tkazish, belgilangan rejalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi bo‘yicha shaxsan mas’ul ekanliklari qat’iy ogohlantirildi.

Ayni kunlarda ob-havoning iliq kunlari bo‘lishiga qaramay, ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obe’ktlarda issiqlik ta’minotini doimiy ravishda nazorat qilib borish, texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish juda ham muhim. Har BSK bu borada kunlik ishlarni tashkil qilish va aniqlangan muammolarni bartaraf qilish muhimligi qayd etildi.

Yig‘ilishda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbariga korxona va tashkilotlarda yong‘in kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha ishlarni tizimli tashkil qilish yuzasidan vazifalar berildi. Bunda nafaqat yong‘inga qarshi kurashish, oldini olish zarur, balki, aholini favqulodda holatlarda qanday harakat qilish, xavfsizlik choralarini ko‘rish, birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Shu bois, aholi o‘rtasida maxsus ko‘rgazmali seminarlar, treninglar va ma’lumot berish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va nazorat qilish har bir sektor rahbarlari zimmasiga yuklatildi.

Powered by GSpeech