Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Prezidentimizning 2025 yil 19 sentyabrdagi 173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Turkiston” va “Astrobod” MFYga tuman hokimligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ vakillaridan iborat ishchi guruh tashrif buyurdi.
Tashrif davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 26 noyabrdagi 742-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan mahalla hududlaridagi turar joy ob’yektlarining GPS-kordinatalarini maxsus axborot tizimida qayd etish reja-grafigi ijrosi bo‘yicha faol ishtirokini ta’minlashda zaruriy ma’lumotlar bilan tanishildi.
Tashrif davomida mahallalarda ro‘yxat olish shtabi faoliyati o‘rganildi, amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi va biriktirilgan idora va tashkilotlar mas’ullari bilan asosiy vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
O'zbekcha
Русский
English