Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik: “Bodomzor”, “Xiyobontepa” va “Bo‘z suv” MFY
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
Prezidentimizning 2025 yil 19 sentyabrdagi “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tumanning “Bodomzor”, “Xiyobontepa” va “Bo‘z suv” MFYga tuman hokimligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ vakillaridan iborat ishchi guruh tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 26 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni yuqori saviyada tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 742-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xususan, mahalla hududlaridagi turar joy ob’yektlarining GPS koordinatalarini maxsus axborot tizimida qayd etish bo‘yicha reja-grafik ijrosi yuzasidan mas’ullarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida zarur ma’lumotlar bilan tanishildi.
O'zbekcha
Русский
English