AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDА
Yunusobod tumanidagi “Otchopar 2” MFY aholisi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Unda mahalladagi 18 nafar fuqaro EKG ko‘rigidan o‘tkazildi. Aniqlangan kasalliklar bo‘yicha 12 nafar aholiga bepul dori-darmonlar tarqatildi.
Ko‘rikda mahalladagi 40 yoshdan kattalar hamda surunkali kasalligi bor bemorlar o‘tkazildi. Shifokorlar tomonidan 7 nafar fuqarolar skrining tekshiruvdan o‘tkazildi. Tadbirda aholi tor soxa mutaxassislari lor, endokrinolog, kardiolog, terapevt, UZD, EKG, rentgen, laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi. 2 afar fuqaroga stasionar va 16 nafar fuqaroga kunduzgi stasionarga yo‘llanma berildi. 12 nafar aholiga bepul dori berildi.
Tibbiy ko‘rik doirasida mahalla ahlining tibbiy-ijtimoiy muammolari muhokama qilindi. Shu bilan birga, shifokorlar tomonidan turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olish, fuqarolarning tibbiy savodxonligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik-targ‘ibot o‘tkazildi.
O'zbekcha
Русский
English