Aholi salomatligi ko‘rikdan o‘tkazildi

12.02.2025 / 142

 Yunusobod tumanidagi "Qadrdon" MFYda istiqomat qilayotgan aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ushbu tibbiy ko‘rik doirasida aholining umumiy salomatlik holati tekshiruvdan o‘tkazilib, zarur mutaxassislar tomonidan maslahat va tavsiyalar berilyapti. Shuningdek, kasalliklarning erta aniqlanishi va oldini olish maqsadida qator tekshiruvlar o‘tkazilmoqi.

Tibbiy ko‘rik davomida yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, ko‘z va tirnoq muammolari, shuningdek, boshqa xastaliklar bo‘yicha aniq tashxis qo‘yishga yordam beradigan laboratoriya tahlillari ham amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, aholining tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalar va ma’lumotlar berildi.

Ushbu tadbir tuman sog‘liqni saqlash muassasalari hamda tegishli davlat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolarga o‘z salomatliklari haqida xabardor bo‘lish va o‘z vaqtida zarur choralarni ko‘rish imkonini beradi.

Powered by GSpeech