AHOLI MUROJAATI HAL ETILDI
Yunusobod tumani hokimligi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarida ko‘p qavatli uylardagi kommunikatsiya tarmoqlari, yer to‘lalardagi issiqlik quvurlarini ta’mirlashga aoohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni kunlarda ijtimoiy ob’yektlar, turar joy mavzelarida ishlar qizg‘in ketmoqda.
Masalan, "Buyuk Turon" mahallasidagi 18-sonli ko‘p qavatli uyning yer to‘lasidagi oqava suv hamda gaz quvurlari nosoz holatga kelib qolgan edi.
Tuman hokimligi mas’ullari o‘rganishi chog‘ida aholi murojaat bilan chiqqan edi. Ushbu muammo o‘rganib chiqilib, uylarga xizmat ko‘rsatuvchi BSK rahbariga muammoni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan edi. Oradan bir kun muddat o‘tib, “Mehriddin ta’mir baraka” BSK xodimlari tomonidan oqava suv quvurlari ta’mirlanib, muammo bartaraf etildi.
O'zbekcha
Русский
English