AHOLI MUAMMOLARI TINGLANDI
Prezidentimizning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–300-sonli qarori ijrosini ta’minlash, inson qadrini ulug‘lash hamda har bir fuqaroning bugungi kundan rozi bo‘lib yashashiga erishish maqsadida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Sultanovaning navbatdagi sayyor qabuli “Uvaysiy” mahalla fuqarolar yig‘inda o‘tkazildi.
Qabulda Yunusobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari A. To‘laganov, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.Abdusattarova, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i L.Aliyeva hamda boshqa mas’ul rahbarlar ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning bandlik, salomatlikni tiklash, ta’lim shartnomasi, uy-joy, moddiy yordam va boshqa muhim masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Murojaatlar yuzasidan tegishli qonuniy tushuntirishlar berildi, muddat talab etadigan masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
O'zbekcha
Русский
English