AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA

25.10.2024 / 166

  Yunusobod tumani hokimi B.Abduvaliyev, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi asosida navbatdagi "Sharq xaqiqati" MFY, Hasanboy 5-tor, 64-uyda istiqomat qilayotgan Tojixon Xayrutdinovaning xonadoniga tashrif buyurib, oilaning ijtimoiy ahvoli bilan atroflicha tanishildi. Ushbu oilaning Z nafar farzandi bo‘lib, bir nafar o‘g‘il farzandi vafot etgan. 2 nafar qizi turmushga chiqib ketgan, hozirgi kunda 2-guruh nogironligi bor qizi bilan istiqomat qilishi, dori-darmon, kommunal to‘lovlari va moddiy yordamga muhtoj ekanligi aniqlandi.
  Tojixon Xayrutdinovaga dori-darmon, kommunal to‘lovlari uchun 2,3 mln so‘m miqdorida amaliy yordam berildi. Bundan tashqari ushbu oila farzandlarining ta’lim olishi, fanlarni o‘zlashtirishi uchun ko‘mak belgilandi.

Powered by GSpeech