AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev tumandagi aholi va oilalar holidan xabar olib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va turmush sharoitlarini yahshilash yuzasidan aholi xonadonlarida bo‘lmoqda.
Tuman hokimi “Turkiston” mahallasi, 6-mavze,13-uy, 55-xonadonda yashovchi 1946 yilda tug‘ilgan, 1-guruh nogironi Karima Ashirovaning xonadonida bo‘lib, fuqaroning ijtimoiy ahvolini o‘rgandi va dildan suhbat qurildi.
Tashrif chog‘ida fuqaro hozirgi kunda muntazam ravishda sog‘ligining holati qiynayotganini aytib, doimiy nazoratda ekanligini ta’kidladi. Karima Ashirovaga tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, doimiy va sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash hamda holidan xabar olish borasida hokim tomonidan mas’ullarga vazifalar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
O'zbekcha
Русский
English