AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH VA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Yunusobod tumani hokimi Boxadir Abduvaliyev boshchiligida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi, aholi daromadlarini oshirish va ishsizlikni kamaytirish masalalari yuzasidan muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda, tumandagi sektor rahbarlari, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari boshqaruvchilari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastlab, Yunusobod tumanidagi tijorat banklari tomonidan 2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va daromadlarishni oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar maqsadli ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Shuningdek, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlariga biriktirilgan kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda rahbarlar tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilishda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan har bir oilaning muammolarini chuqur o‘rganilganlik holati, chora-tadbirlar rejasi hamda ularni amalga oshirish mexanizmi va monitoringi ahvoliga to‘xtalib o‘tildi. Unda, kasb-hunari yo‘q, ishsiz va kam daromadli oila vakillariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha biriktirilgan tashkilotlar, tijorat banklari mas’ullari va “mahalla bankiri”lari faoliyatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi, aholi daromadlarini oshirish va ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha topshiriqlarni so‘zsiz bajarilishi talab qilinib, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi. Berilgan topshiriqlar ijrosi nazoratga olinib, muntazam ravishda tahlil etib borilishi belgilandi.
O'zbekcha
Русский
English