“Adliya kuni” tadbirida muammolar bartaraf etilmoqda
Toshkent shahar Adliya boshqarmasi tomonidan Yunusobod tumanidagi "Uch Qahramon" MFY O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida «Adliya kuni» tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda aholiga, jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga, tadbirkorlik subyektlari vakillariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, mulkiy masalalar, preferensiyalar, subsidiyalar, fuqarolik huquq va burchlari, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilindi.
O'zbekcha
Русский
English