97-sonli maktabda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

13.02.2025 / 148

Yunusobod tumani hokimligi, tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va tadbirkorlikka qiziqishini oshirish maqsadida “Ta’lim va biznes hamkorligi – muvaffaqiyat kaliti!” shiori ostida tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirlarda Savdo-sanoat palatasi, maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, tuman prokuraturasi, tadbirkorlar va boshqa tashkilotlar ishtirok etdi. “IMDIBABY” savdo belgisi asoschisi G. Abdujabbarova o‘quvchilar uchun “Biznesdagi shaxsiy formula” mavzusida mahorat darslari o‘tkazib, tadbirkorlik bo‘yicha maslahatlar berdi. Shuningdek, 97-sonli maktabda “IMDIBABY” va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, o‘quvchilar uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qatnashish va amaliyot o‘tash imkoniyati yaratildi.

Powered by GSpeech