“Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Yunusobod tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi. Tadbirda tuman hokimligi,tuman prokuraturasi, tuman adliya bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Muloqotlar ochiq va o‘zaro fikr almashish ruhida o‘tkazildi. Ma’ruzalar nazariy va amaliy asosda o‘tkazildi. Qayd etilganidek, davlat organlari tizimida o‘z faoliyati ochiqligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etishda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbirda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti Sanjar Sobirjonov so‘zga chiqib, amaldagi qonunchilik, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kelib chiqishiga xizmat qiluvchi shart-sharoitlarni ajrata bilish, manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud tartib-taomillardan aholining xabardorligini oshirish yuzasidan fikr bildirdi.
Muhokamalarda davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘zaro hamkorlik va samarali ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi.
Ochiq eshiklar kunida Yunusobod tumani prokurori katta yordamchisi, adliya kichik maslahatchisi Zarifa Mavlonova ma’ruza qilib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish va oqibatlarini, imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan ma’lumotlar berdi.
Kun tartibidaga masala bo‘yicha ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Tadbir davomida poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlar, korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga barham berishda turli idoralar va aholi orasida targ‘ibot ishlarining samardorligini oshirish, idoralar faoliyatining moliyaviy natijalarini ochib beradigan, korrupsiyaga qarshi choralarni oshkor etishni ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ichki nazoratni yo‘lga qo‘yishni ta’minlash, davlat organlari xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabi ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Tadbirda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalarga urg‘u berildi.
O'zbekcha
Русский
English