58-“Jasorat” maktabi jamoasi faxrli o‘rinni egalladi
04.11.2025
/
7
Milliy gvardiya musobaqasida 58-“Jasorat” maktabi jamoasi faxrli o‘rinni egalladi. Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan Toshkent shahariidagi “Jasorat” maktablari o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkazildi. Musobaqalarda yoshlar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, harbiy mahorat va intizomini namoyish etishdi. Bellashuvlar juda qizg‘in va ruhlantiruvchi tarzda kechdi. Unda faol ishtirok etgan 58- jasorat maktabi jamoasi yuqori natijalarga erishib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bu natija ta’lim muassasasida yoshlarni vatanparvarlik, mardlik va jismoniy barkamollik ruhida tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar samarasi bo‘ldi.
O'zbekcha
Русский
English