5000 qadam – sog‘lom turmush sari qadam

14.06.2025 / 117

  Bugun ertalab Yunusobod tumani hokimligi Xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan Botanika bog‘ida sog‘lomlashtirish maqsadida navbatdagi “5000 qadam” loyihasi doirasida yurish marafoni tashkil etildi. Tadbirda turli yoshdagi ayollar, mahalla faollari, tibbiyot xodimlari va faol sportchi xotin-qizlar faol ishtirok etdi.

  Ushbu marafonga "Islomobod" mahallasida yashovchi, "Ibratli oila" tanlovi g‘olibi, “Sog‘lom turmush” medali sohibi Farog‘at Shadimetova murabbiy sifatida taklif etildi. U o‘zining boy tajribasi asosida ishtirokchilarni yurish, gimnastika, Skandinavcha yurish mashqlariga o‘rgatdi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha muhim maslahatlarini berdi.

  Marafon davomida qatnashchilar nafaqat yurish mashqlarini bajarishdi, balki sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va kundalik harakat faolligining ahamiyati haqida ko‘plab foydali ma’lumotlarga ham ega bo‘lishdi.

Powered by GSpeech