42-Jahon chempionati g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi

19.10.2024 / 241

O‘zbekistonda harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan Dzyudo bo‘yicha 42-Jahon chempionati g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi.

 Ma’lumot uchun, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi chempionatda 5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy bahslarda O‘zbekiston ayollar jamoasi 1-o‘rinni, erkaklar jamoasi esa 2-o‘rinni egalladi.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

Ayollar o‘rtasida(jamoaviy)

O‘zbekiston jamoasi — 1-o‘rin;
Fransiya jamoasi — 2-o‘rin;
Italiya va Mo‘g‘uliston jamoalari — 3-o‘rin.

Erkaklar o‘rtasida(jamoaviy)

Mo‘g‘uliston jamoasi — 1-o‘rin;
O‘zbekiston jamoasi — 2-o‘rin;
Eron va Qozog‘iston jamoalari — 3-o‘rin.

Medallar to‘plami bo‘yicha:

O‘zbekiston jamoasi — 1-o‘rin;
Fransiya jamoasi — 2-o‘rin;
Mo‘g‘uliston jamoasi — 3-o‘rin.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston jamoasini muborakbod etamiz.

Powered by GSpeech