4080 nafar oilaga Prezident qarori asosida moddiy ko‘mak berildi
Yunusobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-maydagi PQ–134-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ushbu qarorga muvofiq, Yunusobod tumanida 4080 nafar ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.
Bu tashabbusning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kuz-qish mavsumi oldidan ularga moliyaviy yengillik yaratish va turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat.
Ayni paytda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari aholi bilan manzilli ish olib borishmoqda. Ular tomonidan fuqarolarga axborot flayerlari tarqatilib, moddiy yordamni olish tartibi, har oylik ijtimoiy to‘lovlar va kompensatsiyalar haqida tushuntirishlar berilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English