4-sonli issiqlik markazida qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida uskunalar to‘liq ta’mirlandi

16.10.2025 / 51

Bu yilgi sovuq joriy qish mavsumiga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rish, kommunal tizimida tabiiy gaz, elektr energiya va issiqlik tizimida ishlar tizimini jadallashtirish lozimligini ko‘rsatdi. Aynan shuning uchun ham birinchi navbatda Yunusobod tumanida aholini issiqlik ta’minoti bilan uzluksiz ta’minlash choralari ko‘rilayapti.Masalan, tuman hududidagi 4-sonli issiqlik markazida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib borish jarayonida ishlab chiqarish uskunalari kapital va joriy ta’mirlandi. Ushbu issiqlik markazi poytaxtimizdagi Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek hamda Olmazor tumanlari aholisiga issiqlik energiyasni yetkazib beradi.

Markazda ta’mirlash ishlarida mavjud 10 ta qozonxonalarda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. 39 dona nasos uskunalari kapital va joriy ta’mirlandi. Bug‘-mazut quvurlari esa bosim ostida sinovdan o‘tkazilib, aniqlangan nuqsonlar bartaraf etildi.

Powered by GSpeech