30 iyun – Yoshlar kuni
Yoshlar – mamlakatning yetakchi kuchi, ertangi barkamol jamiyatning poydevori. Har bir yurtning ravnaqi, kelajakdagi yutuqlari va jahon hamjamiyatidagi o‘rni, avvalo, yosh avlodning salohiyati va faolligi bilan chambarchas bog‘liq. Shu ma’noda, yoshlar har qanday taraqqiyot sari intilgan davlatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Ular jamiyatning eng faol, tashabbuskor, kreativ fikrlaydigan va yangilikka intiladigan qatlamini tashkil etadi. Shu boisdan ham, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Bugungi O‘zbekistonda yoshlar nafaqat kelajak egalari, balki bugungi islohotlar jarayonining ham faol ishtirokchilari sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim olishi, kasb o‘rganishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
???????? Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yoshlar daftari”, “Yoshlar parlamenti”, “Yoshlar kreativ markazlari”, “Yoshlar daftari” orqali moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, “Yoshlar industriya zonalari”da bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar yoshlar hayotida chinakam burilish yasamoqda.
Yoshlar bugun ta’lim, fan, axborot texnologiyalari, san’at va sport sohalarida o‘z iqtidorini namoyon etmoqda. Xalqaro fan olimpiadalaridagi sovrinli o‘rinlar, jahon chempionatlaridagi g‘alabalar, innovasion loyihalardagi ishtirok — bularning barchasi yoshlarimizning intellektual va ijodiy salohiyati yuqori ekanini tasdiqlaydi.
Shu bilan birga, yoshlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida – davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, tadbirkorlik va startap sohalarida ham o‘z o‘rnini topa olmoqda. Ayniqsa, ilmiy izlanishlarga qiziquvchi yoshlar soni oshib borayotgani, ularning yangi texnologiyalar asosidagi loyihalari mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalarda e’tirof etilayotgani e’tiborga loyiq.
“Yoshlar – kelajagimizning me’morlari” degan g‘oya hayotga izchil tatbiq etilayotgan bir paytda, bugungi kun yoshlari o‘z faoliyati va yutuqlari bilan Vatanga sodiq, bilimli, tashabbuskor va mas’uliyatli shaxslar ekanini amalda isbotlamoqda.
30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab turli madaniy-ma’rifiy, sport va ijtimoiy loyihalar, uchrashuv va uchrashuvlar, festivallar o‘tkazilmoqda. Bu esa yoshlarimizga ijobiy motivatsiya berish, ularni yanada faol va tashabbuskor bo‘lishga undashga xizmat qilmoqda.
O'zbekcha
Русский
English