265-sonli maktabi “Yosh huquqshunoslar” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
30.11.2024
/
209
Bugun Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Huquqiy-ma’rifiy bilimdon” Respublika ijodiy ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda tanlovning dastlabki tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 12 ta jamoa ishtirok etdi.
O‘ziga xos bilimlar sinovida eng ko‘p ball jamg‘argan Yunusobod tumanining 265-sonli maktabi “Yosh huquqshunoslar” jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Yakkasaroy tumani 26-maktabning “Yosh huquqshunoslar” hamda Yashnobod tumani 244-maktabning “Sudyalar” jamoasi keyingi pog‘onalardan joy oldilar.
O'zbekcha
Русский
English