24/7 DASTURI ASOSIDA QURILISH, BUNYODKORLIK ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
Tumanidagi Rixsiliy ko‘chasi 24/7 ishlaydigan gastranomik ko‘chaga aylantirilmoqda. Mazkur dastur doirasida Yuqori Qoraqamish va Rixsiliy ko‘chasi bo‘ylab, 4,2 km masofada bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. O‘tgan yili Qora Qamish ko‘chasining 2,4 km masofasida qurilish ishlari yakuniga yetkazilgan. Ayni paytda esa Rixsiliy ko‘chasining 3 km masofasi tanib bo‘lmaydigan qiyofaga aylantirilmoqda. Yo‘lning ikki chetida 4 faslda ham ochilib turadigan turli xildagi rang-barang gullar ekildi. Zamonaviy yoritish uskunalari kechalari ham sayr qilgan insonlarga zavq ulashadi.
Atrof go‘zalligini bir zum kuzatish uchun maxsus o‘rindiqlar o‘rnatilganligi aholini sevintirmoqda.
Hududni toza va ozoda saqlash maqsadida chiqindi urnalari ham o‘rnatilganligi, sanitar holatni yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bu yerdagi bir birini takrorlamaydigan manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, alohida sug‘orish tizimlari joylashtiriladi. Ayni paytda markaziy ko‘cha chorrahasining ikki tomonida dekorativ ustunlar o‘rnatilmoqda. Ko‘chaning markaziy qismida favvoralar ham bunyod etiladi.
Poytaxt mehmonlari va yunusobodliklar ushbu ko‘cha bo‘ylab, oilaviy sayrlarga chiqib, favvoralarni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek ularning atrofida o‘tirib, muzqaymoq va salqin ichimliklardan bahramand bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
Kechki paytda ushbu ustunlarda rang-barang chiroqlar atrofga nur taratib turadi. Ushbu markaziy ko‘cha bo‘ylab, piyodalar yo‘laklari, velo-yo‘laklar yo‘l chekkasida zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Yo‘l chetlariga 24/7 soat mobaynida faoliyat ko‘rsatadigan xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalari faoliyat ko‘rsatishi rejalashtirilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, ushbu ko‘cha poytaxt aholisi va yurtimiz mehmonlari, ayniqsa, xorijlik sayyohlar uchun 24 soatlik ko‘ngilochar markazga aylanadi.
O'zbekcha
Русский
English