22 000 NAFAR OILA BARQAROR DAROMADGA KIRDI

08.08.2024 / 192

Muhtaram Prezidentmizning joriy yil 3 aprel kuni Yunusobod tumaniga qilgan tashrifida bergan topshiriqlar ijrosi taʼminlanmoqda. Xususan, tuman hokimi B.Abduvaliyev boshchiligida, sektor va bank rahbarlari, "mahalla yettiligi" bilan birgalikda aholini rozi qilish bo‘yicha ishlar yangicha yondashuv asosida tashkil qilindi.

Tumanda oylik daromadi 5 mln.so‘mga yetmaydigan 22 ming oilaning turmush tarzini yaxshilash hamda kambag‘allikdan chiqarish va daromadlarini oshirish maqsadida, ularning 2 073 ta biznes loyihalariga 21,6 mlrd.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.

Yunusobod tumanida faoliyat yuritayotgan 6 ta bankning 9 ta filiallari tomonidan jami 15 829 ta ish o‘rinlari yaratildi. Shu jumladan, iyun oyining o‘zida 3 053 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholi bandligi taʼminlandi.

Powered by GSpeech