21 oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
Bugun Yunusobod tumani 17-IDUMda bu sana munosabati bilan barcha 1–11-sinflarda namunaviy “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi. Ona tilimizga bag‘ishlangan bu ma’naviy-ma’rifiy soatlar yurtimiz yoshlarida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini yanada oshiradi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari, tarjimon Nazokat Azim, shuningdek, Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha sho‘ba rahbari o‘rinbosari Marg‘uba Ashirova mehmon sifatida ishtirok etdilar. Mehmonlar 11-“A” sinfda o‘tkazilgan “Kelajak soati” darsida qatnashib, o‘quvchilar bilan ona tilimiz — millat g‘ururi va davlat ramzlaridan biri haqida suhbat o‘tkazdilar. Shu bilan birga, yoshlarning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlari, bilim va mahorat orqali yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shishlari haqida ham fikr almashdilar.
O'zbekcha
Русский
English